07:00 / 09.09.2024
35

Ilon Mask dunyoning ilk trillioneriga aylanishi mumkin

Ilon Mask dunyoning ilk trillioneriga aylanishi mumkin
Foto: Getty Images
Amerikalik milliarder Ilon Mask 2027 yilga kelib dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi mumkin. Bu haqda milliarderlarning mol-mulkini kuzatib boruvchi Informa Connect Academy kompaniyasi xabar berdi.

Bloomberg nashriga ko‘ra, taniqli tadbirkorning boyligi yiliga o‘rtacha 110 foizga o‘sib bormoqda. Mask 251 milliard dollar bilan dunyodagi eng boy odam hisoblanadi va ilk trillioner bo‘lishga da’vogardir. Boshqa da’vogarlar qatorida hindistonlik biznes konglomerat asoschisi Gautam Adani ham bor. Uning boyligi yiliga 123 foizga o‘sishda davom etsa, u 2028 yilga kelib trillonerga aylanishi mumkin.

Prognozlarga ko‘ra, undan keyingi o‘rinlarni Nvidia bosh ijrochi direktori Jensen Xuang va indoneziyalik energetika hamda kon sanoati magnati Prajogo Pangestu egallaydi. Ular ham 2028 yilda trillionerga aylanishi mumkin.

2030 yilga borib Meta korporatsiyasi rahbari Mark Sukerberg va Louis Vuitton Moet Hennesy kompaniyalar guruhi bosh direktori Bernar Arno ham trillionerga aylanishi kutilmoqda.

1916 yilda dunyoning birinchi milliarderi e’lon qilingandi. U o‘sha paytdagi eng yirik neft kompaniyasi Standart Oil'ning asosiy aksiyadori hisoblangan amerikalik Jon D.Rokfeller edi.

Dunyo olimlarining ko‘pchiligi ulkan boyliklarning to‘planishini ijtimoiy kasallik deb hisoblaydi. Chunki ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra, eng badavlat kishilarning 1 foizi Yer yuzida karbonat angidrid chiqarishda eng kambag‘al 66 foizdan ko‘proq ulushga ega.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon Mask dunyoning ilk trillioneriga aylanishi mumkin