08:00 / 09.09.2024
118

Tojikiston prezidenti yangi “sovuq urush” tufayli fuqarolarni vatan himoyasiga shay turishga chaqirdi

Tojikiston prezidenti yangi “sovuq urush” tufayli fuqarolarni vatan himoyasiga shay turishga chaqirdi
Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon global vaziyatining murakkablashuvi, yangi “sovuq urush”, shiddat bilan qurollanish, shuningdek, terrorizm va ekstremizm tufayli fuqarolarni hushyor bo‘lishga va vatan himoyasiga shay turishga chaqirdi.

Emomali Rahmon tegishli murojaatni 9 sentyabrda nishonlanadigan Tojikiston mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrigida bildirdi.

So‘nggi 4-5 yil ichida dunyodagi vaziyat tobora murakkablashib bormoqda. Qurollanish jarayonining tezlashuvi, 'sovuq urush', zamonaviy dunyoning tahdid va xavflari, jumladan, terrorizm va ekstremizm, kiberjinoyatlar hamda boshqa transmilliy uyushgan jinoyatlar kun sayin kuchayib bormoqda.

Zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarning salbiy ta’siri, tilga olingan muammolar jonajon Tojikistonimizga ham tegishli. Bunday notinch zamonda biz doim sergak va mustaqilligimiz hamda erkinligimizni himoya qilishga tayyor turishimiz lozim, toki g‘aflatda qolmaylik. Mamlakatimizda xavfsizlik, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash nafaqat hukumat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri, balki har bir vatanparvar fuqaroning birinchi darajali vazifasidir
”, dedi u.

Shuningdek, Rahmon yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirish uchun ularni tojik xalqining an’analari bilan tanishtirish zarurligini ta’kidladi. U hukumatning tashabbusini eslatib o‘tdi: har bir oilaga fors adabiyoti klassigi Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” va Tojikiston qahramoni Bobojon G‘afurovning “Tojiklar” kitobini sovg‘a qilish.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikiston prezidenti yangi “sovuq urush” tufayli fuqarolarni vatan himoyasiga shay turishga chaqirdi