Foto: Getty Images
AQSH hukumati dollardan voz kechgan har qanday davlat tovarlariga nisbatan 100 foizlik boj joriy qiladi. Bu haqda respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp ma’lum qildi.
"Biz AQSH dollarini jahon zaxira valyutasi sifatida saqlab qolamiz ... men (dollarda hisob-kitob qilishdan bosh tortadigan mamlakatlarga) aytaman: Agar siz dollardan voz kechsangiz, AQSH bilan ishlay olmaysiz, chunki sizning mahsulotlaringizga 100 foizlik tariflarni kiritamiz", dedi Tramp.
U bir necha bor AQSHning tarif siyosatini Xitoy va ba’zi hollarda Yevropa Ittifoqiga nisbatan qat’iylashtirishga va’da bergan. Tramp ularni AQSHga nisbatan adolatsiz munosabatda bo‘lish va erkin savdo qoidalarini buzishda ayblaydi. Siyosatchining 2017-2021 yillardagi birinchi prezidentlik muddati davomida AQSH ham Xitoy, ham Yevropa tovarlariga tariflar kiritdi.
Bloomberg agentligi Trampning iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchilari savdoda dollardan voz kechgan davlatlarga jazo choralarini qo‘llashni rejalashtirayotganini xabar qildi. Shuningdek, BRICS davlatlarining savdoda va guruh ichidagi boshqa iqtisodiy operatsiyalarda dollardan to‘liq voz kechishini oldini olish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Ehtimoliy choralar sifatida eksport nazorati va (AQSH tomondan) valyuta kursini manipulyatsiya qilish ayblovi sanab o‘tildi. Bu bojxona yig‘imlarini joriy qilish uchun asos bo‘lishi mumkin.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning birinchi choragida rasmiy valyuta hisob-kitoblarining 59 foizi AQSH valyutasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinda yevro deyarli 20 foiz ulush bilan turibdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi