
Foto: Google Images
Yevropa Ittifoqiga yetib olishga urinayotgan taxminan 200 nafar noqonuniy migrantni olib ketayotgan kema Senegal qirg‘oqlarida ag‘darilib ketdi. Bu haqda Seneweb axborot portali xabar berdi.
Yo‘qolganlarni qidirish ishlari olib borilmoqda, ularning aniq soni noma’lum, deyiladi nashr xabarida. Hozircha rasmiylar to‘rt kishining o‘limini rasman tasdiqlagan.
Qolganlarni qidirish ishlari davom etmoqda. Kema qirg‘oqdan 4 km uzoqlikda ag‘darilib ketgan. Kemadagi migrantlarning aksariyati Senegalning qirg‘oq bo‘yidagi Mbur shahri aholisi bo‘lgan. Ular Ispaniyaga qarashli Kanar orollariga yo‘l olishgan. Kema halokati sabablari noma’lum.
2024 yilning yetti yarim oyida G‘arbiy Afrika davlatlaridan Kanar orollariga 22 mingdan ortiq noqonuniy migrant kelgan bo‘lsa, 2023 yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 9,8 ming nafarni tashkil etgan.
Qamoqxonalar yo‘qligi sababli rasmiylar Afrikadan Kanar orollariga yetib borgan migrantlarning katta qismini Ispaniyaga o‘tkazishga majbur. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar