Foto: Shutterstock
Armaniston Ozarbayjonga tinchlik shartnomasi loyihasining o‘ninchi variantini topshirdi. Bu haqda Armaniston tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan xabar berdi.
Unga ko‘ra, tomonlar shartnomaning 16 ta bandidan 13 tasi bo‘yicha to‘liq kelishib olgan. Vazirning fikricha, shartnomani “qisqa vaqt ichida” imzolash mumkin.
Shuningdek, matnda to‘liq kelishilgan moddalar yoki moddalarning kelishilgan qismlari mavjud va ular bo‘yicha kelishmovchiliklar yo‘q. Mirzoyan ta’kidlaganidek, Armaniston—Ozarbayjon chegarasini delimitatsiya qilish jarayoni 1991 yildagi Olmaota deklaratsiyasiga asoslanadi va “boshqa tamoyil muhokama qilinmaydi”.
“Hech kimga sir emaski, ushbu yangi nashr to‘liq izchil matnni o‘z ichiga oladi. Bular to‘liq kelishilgan bandlar yoki bir nechta moddalarning qismlari bo‘yicha kelishilgan va biz Ozarbayjonning javobini kutmoqdamiz”, dedi Armaniston TIV rahbari.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan avvalroq Ozarbayjonga tinchlik bitimining kelishilgan bandlarini imzolashni va keyin boshqa masalalarni muhokama qilishni davom ettirishni taklif qilishini aytgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?