date
views 126

Isroil mudofaa vaziri: “HAMAS endi harbiy kuch sifatida mavjud emas”

Isroil mudofaa vaziri: “HAMAS endi harbiy kuch sifatida mavjud emas”
Foto: Google Images
Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant Falastinning HAMAS guruhi endi harbiy tuzilma sifatida mavjud emasligini ma’lum qildi.

Gallantning aytishicha, 11 oydan ortiq davom etgan urushdan so‘ng HAMASning harbiy salohiyati jiddiy ravishda buzilgan.

HAMAS harbiy tuzilma sifatida endi mavjud emas. Tashkilot partizanlar urushi olib bormoqda, biz esa terrorchilarga qarshi kurashda va ularning rahbariyatini ta’qib qilishda davom etmoqdamiz”, dedi u.

Shuningdek, vazir xalqaro hamjamiyatni HAMASga bosimni davom ettirishga chaqirdi.

Isroil olti haftalik pauza va garovga olinganlarni qaytarib beradigan kelishuvga erishishi kerak”, dedi Gallant.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil mudofaa vaziri: “HAMAS endi harbiy kuch sifatida mavjud emas”