Foto: Izvestiya
Rossiya va Xitoy vakillari G‘arb sanksiyalariga chidamli va davlatlar o‘rtasida yopiq to‘lovlarni amalga oshirishga imkon beruvchi qo‘shma bank yaratish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda “TASS” ma’lum qildi.
“Hozir bir qancha yirik Rossiya banklari XXRga qo‘shma bank yaratishni taklif qilishdi. Bu banklar o‘z aktivlarini kiritib, o‘tkazmalar ichkaridan amalga oshirilishini nazarda tutadi. Ya’ni, Rossiya va Xitoyda xuddi shu tashkilotning filiallari ishlaydi, bu o‘tkazmalar uchinchi shaxsga ko‘rinmaydi”, deya ta’kidladi M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti qoshidagi Osiyo va Afrika tadqiqotlari instituti direktori Aleksey Maslov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu loyiha hali juda erta bosqichda, ammo Xitoy ishbilarmon doiralarida allaqachon qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan. Ekspertning tushuntirishicha, xitoylik ishbilarmonlar siyosatdan yiroq va “Rossiyaga ijobiy munosabatda”.
“Ular uchun o‘z mahsulotlarini sotish muhim. Ayniqsa, Xitoyning shimoli-sharqida Rossiya bilan ishlashga butunlay qayta e’tibor qaratgan yuzlab, balki minglab kompaniyalar bor”, deb tushuntirdi Maslov.
U, shuningdek, to‘lovlarni cheklash bo‘yicha ko‘pchilik tashabbuslar “qaysidir ma’noda asosiy tartibga soluvchi bo‘lgan Xitoy Xalq bankining qarorlari bilan bog‘liq”, biroq Xitoy banklari ham Qo‘shma Shtatlarning ikkilamchi sanksiyalaridan o‘ta ehtiyotkor ekanligini ta’kidlagan.
“Bu cheklovlar Xitoyning butun bank tizimiga tahdid soladi. Ya’ni, agar bitta bank AQSH talablarini buzgan taqdirda ham, Xitoyning ko‘plab moliyaviy tashkilotlarining valyuta operatsiyalariga butun bir qator cheklovlar joriy etilishi mumkin”, deya qo‘shimcha qilgan rossiyalik ekspert.
Rossiyadan Xitoyga to‘lovlar bilan bog‘liq muammolar 2023 yil dekabrida, AQSH prezidenti Jo Bayden Rossiya harbiy-sanoat majmuasini yetkazib berishni ta’minlaganliklari uchun uchinchi davlatlar banklariga qarshi ikkilamchi sanksiyalar qo‘llashga ruxsat beruvchi farmonni imzolaganidan so‘ng keskin kuchaygan edi.
Shundan so‘ng, Xitoy kredit tashkilotlarining 98 foizdan ortig‘i Rossiya kompaniyalaridan to‘lovlarni qabul qilishni to‘xtatgan. Avgust oyi oxirida Rossiya va Xitoy o‘rtasida hisob-kitoblar bilan bog‘liq qiyinchiliklar tufayli o‘nlab milliard yuanga teng bitimlar to‘xtatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?