Foto: AP Photo
Arab davlatlari ligasi (ADL) TIV rahbarlari BMTdagi liga guruhiga Isroilning tashkilot Bosh assambleyasidagi ishtirokini muzlatish choralarini ko‘rishni buyurdi.
10 sentyabr kuni Qohirada ADL TIV rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, unda Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan, Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Josep Borrel va BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi rahbari Filipp Lazzarini ham ishtirok etgan.
“Arab ligasi tashqi ishlar vazirlari bugun BMTdagi arab guruhiga Isroilning BMT Bosh assambleyasidagi ishtirokini muzlatish choralarini ko‘rishga ko‘rsatma berishga qaror qildi”, deydi Falastinning ADLdagi vakili Muhannad al-Aqluk.
Avvalroq BMT Yaqin Sharqdagi vaziyatni yumshatish uchun faol harakat qilayotganini ma’lum qilgandi.
“Biz barcha tomonlarni vazmin bo‘lishga chaqiramiz. Hozir vaziyat kutilmagan tarzda nazoratdan chiqib ketishi mumkin bo‘lgan holatdamiz. Biz bundan qochishni istaymiz va bu borada ishlayapmiz”, degan edi tashkilot vakili Farxon Haq. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”