Foto: Getty Images
Ukrainadagi urushdan keyin narxlar oxirgi 14 yilda maksimumga chiqib ketgan jahon neft bozori qulashni boshladi. 10 sentyabr kungi savdolarda Brent markali neftning barreli uchun 70 dollardan kamroq taklif etildi, hatto uning narxi 68,68 dollargacha tushdi — bu 2021 yil 1 dekabrdan beri kuzatilgan eng past ko‘rsatkichdir.
Bir kun ichida neft fyucherslari qariyb 4 foizga arzonlashdi, ikki hafta ichida esa qiymati 15 foizga tushib ketdi. Natijada neft bozori urushdan oldingi darajaga qaytdi: 2021 yilda Brent markali neftning barreli 60-70 dollar oralig‘ida edi.
Ukrainaga uyushtirilgan hujumning dastlabki haftasida neft narxi maksimumga chiqqandi: 2022 yil 7 mart kuni Brent kotirovkalari barreli uchun 139 dollargacha ko‘tarilgan bo‘lib, shundan buyon uning qiymati ikki barobardan ortiqqa tushib ketdi. Rossiyaning Urals markali nefti narxi esa 60 dollarni tashkil etgan, iyul oyida u 75 dollardan sotilayotgan edi.
Neft bozori asosiy importchi — Xitoy iqtisodiyoti sekinlashgani tufayli qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. Ikkinchi chorakda Xitoy YAIM 4,7 foizni tashkil etgan, bu yanvar-martdagi ko‘rsatkichdan past (5,3 foiz edi) — kompartiya esa yiliga 5 foizli o‘sishni talab qiladi.
Xitoy tomonidan neft importi birinchi yarim yillikda 11 foizga tushib ketgan, iyul oyida esa oxirgi ikki yildagi eng past ko‘rsatkichni qayd etgan — kuniga 10 million barrel. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Metabolizm sekinlashganining belgilari
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi