
Foto: French Army/AP
Fransiyada Afrika mamlakatlaridan biriga jo‘nash uchun «minglab» harbiy xizmatchilar shay turibdi. Bu haqda Amerikaning The Wall Street Journal nashri o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Mali, Burkina-Faso va Niger rasmiylari «fransuz harbiylariga chiqish eshiklarini ko‘rsatganidan so‘ng» Fransiya mintaqadagi «harbiy pozitsiyasi»ni qayta ko‘rib chiqmoqda.
Nomlari sir tutilgan fransuz amaldorlariga ko‘ra, Parij Gabon, Senegal, Kot-d'Ivuar va Chaddagi o‘z harbiy bazalariga harbiy yo‘riqchilarini jo‘natishni boshlagan. Fransiya Afrika mamlakatlarining ishlariga aralashishda davom etadi, faqat mintaqaning ichki jarayonlaridagi ishtirokini «ko‘zdan pana» qilmoqchi, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyida AQSH Niger poytaxti Niameydan harbiy bazasini olib chiqishni yakunlagan edi.
Fransiya AfrikaHarbiy XizmatchilarFransuz QaroriMintaqaviy PozitsiyaMali BurkinaHarbiy Bazalar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing