Foto: Getty Images
Nyu-York Comex birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, oltin narxi 12 sentyabr kungi savdolar chog‘ida o‘zining tarixiy rekordini yangiladi va troya unsiyasi uchun 2,58 ming dollardan oshdi.
Toshkent vaqti bilan soat 22:45 holatiga ko‘ra, birjadagi dekabr oltin fyucherslari narxi 2580 dollarga yetdi.
Oltinning birja narxi oxirgi marta 20 avgust kuni o‘z rekordini yangilagan bo‘lib, unsiya uchun 2563,9 dollarga (+0,89%) ko‘tarilgan edi.
2024 yil boshidan beri oltinning birja qiymati 20 foizdan ko‘proqqa oshdi. Bloomberg qimmatli metall narxining oshishini AQSH Federal zaxirasi tomonidan stavkaning pasaytirilishi kutilayotgani va inflyatsiyaning o‘sishi bilan bog‘lamoqda.
Avvalroq, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 1,75 mlrd dollarga oshib, 1 sentyabr holatiga 39,15 mlrd dollarga yetgan edi. Bu oshish asosan oltin hisobiga ro‘y berdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Norvegiyada ommaviy ravishda bombadan himoya qiluvchi boshpanalar qurish boshlanadi
Xitoyda yangi trend: oʻquvchilarni maktabga kurer olib bormoqda
Daniya Grenlandiya mudofaasini qanday mustahkamlamoqchi?
Bayden 15 yanvarda millatga xayrlashuv nutqi bilan chiqish qiladi
Trampga Grenlandiya nima uchun kerak?
"Yandeks" asoschisi Arkadiy Voloj oʻziga qoʻriqlash xizmati yollashiga kim sababchi boʻldi?
Ukrainada eng keng tarqalgan jinoyat: Armiyadan qochish!
Putin va Tramp qachon uchrashishi mumkin?