Foto: AP
Germaniya harbiy kontrrazvedka xizmati - MAD Rossiya razvedka xizmatlarining Germaniyadagi josuslik faoliyati shakllari kuchayishi va o‘zgarishini qayd etdi. 12 sentyabr, payshanba kuni chop etilgan yangi yillik MAD hisobotida qurol va o‘q-dorilarni yetkazib berish yo‘llari, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushidagi operativ taktikasi, shuningdek, Germaniyadagi diversiyalar haqida so‘z boradi.
MAD ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Rossiya sa’y-harakatlari Germaniyaning Kiyevga harbiy yordami tafsilotlarini aniqlashga qaratilgan: transport ta’minoti yo‘llari, shuningdek, o‘zini Rossiya harbiy agressiyasidan himoya qilayotgan Ukraina hududida G‘arb qurol-yarog‘ tizimlarini joylashtirish koordinatalari.
Natijada, Rossiya maxsus xizmatlarining Berlin harbiy siyosati va strategiyasiga bo‘lgan qiziqishi asosiy strategik xususiyati tobora taktik sohaga o‘tmoqda. «Rossiya tomoni uchun o‘z qurolli kuchlariga jang maydonida ustunlik beradigan ma’lumotlarni olish hal qiluvchi rol o‘ynaydi», deyiladi hujjatda.
Rossiyaning Germaniyadagi diversiyalari tahdidi jiddiyligicha qolmoqda
MAD hisobotiga ko‘ra, Germaniya qurolli kuchlari - Bundesverning Germaniya Federativ Respublikasini himoya qilish imkoniyatlari yana Rossiya razvedkasi diqqat markazida bo‘lib turibdi. «Germaniyadagi infratuzilma va mudofaa uchun muhim inshootlarga qarshi ehtimoliy diversiyalar jiddiy qabul qilinishi kerak bo‘lgan tahdid bo‘lib qolmoqda», deyiladi hisobotda. MAD prezidenti Martina Rozenberg ta’kidlaganidek, «mavjud tahdidlardan himoyalanish qobiliyatimizni kuchaytirish uchun katta vazifa bor» va «asosiy maqsad Bundesverni harbiy harakatlarga yaroqli holga keltirishdir».
Hisobotda, shuningdek, rossiyalik nemislar oilasidan chiqqan yoki rus millatiga mansub harbiy xizmatchilar orasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin kursini qo‘llab-quvvatlash haqidagi xavotirlar borligi qayd etilgan.
MAD nima bilan shug‘ullanadi?
Bosh ofisi Kyolnda joylashgan Germaniya Harbiy kontrrazvedka xizmati nemis razvedka xizmatlarining eng kichigi hisoblanadi, u tuzilmaviy jihatdan Germaniya Mudofaa vazirligiga bo‘ysunadi. Uning vazifalariga, xususan, qurolli kuchlarni josuslikdan himoya qilish va ekstremizmga qarshi kurashish kiradi. 2024 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, MAD xodimlari soni 2131 kishini tashkil qilgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 160 nafarga ko‘p. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari