Ukraina va Gruziya NATO ga hech qanday foyda keltira olmaydi — alyans ularning ishtiroki bilan kuchliroq bo‘lib qolmaydi, Rossiya bilan munosabatlar xavf ostida qoladi, Vashingtonni esa, bu davlatlarning taqdiri unchalik ham tashvishga solmasa kerak, deb yozadi Forbes jurnali.
AQSh Gruziya va Ukrainaga 2008 yildan beri NATO a’zoligini va’da qilib keladi. Biroq, Evropada bu masalada unchalik ham jiddu-jahd kuzatilayotgani yo‘q.
"Agar alyansga a’zo bo‘lish — xayriya emas, xavfsizlik masalasi bo‘lsa, bu holda uning ishtirokchilari fikriga diqqat qaratish shart", — deyiladi maqolada.
Misol uchun, Gruziya NATOga umuman ustunlik bermaydi, Vashington rahbariyati Tbilisi ma’muriyatining Afg‘oniston va Iroqdagi Amerika jangovar amaliyotlarida ishtirok etishini olqishladi, ammo bu, AQSh Gruziyaga harbiy kafolatlar berishi kerakligini anglatmaydi.
"Gruziya hatto NATOning YaIM ikki foizini mudofaa maqsadlariga sarflash borasidagi eng kichik talabiga ham mos kelmaydi", — deb yozadi Forbes.
Tbilisi AQShning Rossiya bilan yanada jiddiyroq kelishmovchiligiga arziydigan jo‘yali foyda taqdim eta olmaydi, deya ta’kidlanadi maqolada.
Biroq, Gruziyaning NATOga a’zoligi tarafdorlari, Tbilisi rad javobini olsa, G‘arbdan Moskva tomon yo‘nalishidan xavotirlanmoqda. Shunday bo‘lsa-da, bu masala nima uchun AQShni tashvishga solishi lozim?, deb savol bilan murojaat qiladi muallif.
Ukraina Gruziyaga qaraganda ham ko‘proq nomaqbul nomzoddir. Bu mamlakat Vashingtondan ko‘ra, Moskva uchun ancha ahamiyatli mamlakat hisoblanadi. Shuning uchun, uning NATOda ishtiroki Rossiya tomonidan bevosita tahdid deb baholanishi aniq. Kievning alyansga a’zoligi AQSh xavfsizligini kuchaytirmaydi, balki uning ehtimolini kamaytiradi, deb hisoblaydi jurnal.
Alyans, har holda, uni AQSh boshqarar ekan, ancha eskirdi. Vashington NATOning kengayishini to‘xtatishi kerak. Agar, alyansning Evropadagi a’zolari zaif davlatlarni himoya qilishni xohlar ekan, shunday qilaversin, deya xulosa qiladi muallif.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar