
© AP Photo / Vadim Ghirda
NATO davlatlari Kiyev formulalari bo‘yicha Rossiyani muzokaralarga kuch bilan majburlash uchun sharoit yaratish maqsadida Ukrainaga o‘z qo‘shinlarini yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Aleksandr Fomin Pekindagi 11-Syanshan xavfsizlik forumi ochilishida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
“Rossiyani Kiyev formulalari bo‘yicha muzokaralarga kuch bilan majburlash uchun sharoit yaratish maqsadida NATO davlatlari o‘z qo‘shinlarini Ukrainaga yuborishni rejalashtirmoqda”, - dedi u.
Fominning ta’kidlashicha, bu yadroviy kuchlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy to‘qnashuvga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavfli o‘yin.
12-14 sentyabr kunlari Pekinda Syanshan xavfsizlik forumi bo‘lib o‘tmoqda. Fomin forumda Rossiya delegatsiyasiga boshchilik qilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar