21:20 / 14.09.2024
32

Germaniya chegaralarida nazorat tiklanishi belgiyaliklarni tashvishga solmoqda

Germaniya chegaralarida nazorat tiklanishi belgiyaliklarni tashvishga solmoqda
Foto: AFP
16 sentyabrdan ko‘chga kiradigan qoida kelgusi yilning 15 martigacha Belgiya, Luksemburg, Niderlandiya va Daniya bilan chegaralarda amal qiladi.

Bundan tashqari may oyidan beri Avstriya bilan, iyun oyidan beri Shvetsariya, Polsha va Chexiya bilan, iyul oyidan boshlab Fransiya bilan chegaralar nazorat qilinmoqda. Ta’kidlash kerakki, Germaniya bunday qadamni qo‘ygan yagona davlat emas: shu yilning Shengen hududidagi 10 ta mamlakat terrorizm bilan kurashish va noqonuniy immigratsiyani nazorat qilish kabi sabablarga ko‘ra, o‘z chegaralarining ayrimlarida nazoratni tikladi.

Ammo bunday nazorat ayniqsa, chegara yaqinida istiqomat qiluvchilar va mamlakatlar orasida tez-tez safar qiluvchilarga noqulaylik tug‘dirishi mumkin. Masalan, Belgiyaning sharqiy qismida, chegaradan bir necha kilometr narida joylashgan nemis tilida so‘zlashuvchi Eypen shahri aholisi bundan xavotirda.

Ko‘pchilik arzonroq tovarlar va kengroq tanlov izlab Germaniyaga xarid uchun boradi, endi bu qiyinlashishi mumkin.

Agar do‘konlarda yurish muammoga aylanadigam bo‘lsa, men bu choraga rozimasman. Erkin harakatlanish muhim deb o‘ylayman, chunki biz chegara hududida joylashganmiz va har bir davlat chet eldan biror narsani import-eksport qilishga majbur”, — dedi Belgiyada 20 yil yashagan va belgiyalik ayolga uylangan Germaniya fuqarosi Andreas Euronews nashriga.

Chegarani kesib o‘tayotgan yuk mashinalari haydovchilari esa nazorat uchun qo‘shimcha 15 daqiqa yo‘qotishdan xavotir olmayapti. Ularning ba’zilari bir necha oydan beri amalda bo‘lgan boshqa chegaralardagi tekshiruvlarga o‘rganib qolishganini aytdi. Angliyalik haydovchi Pol nemis politsiyasi boshqalardan ancha tezroq ishlashini ta’kidladi.

U tekshiruvlar haydovchilarga noqulaylik tug‘dirsa-da, Germaniya hukumatining immigratsiyani nazorat qilish choralarini joriy etishini to‘g‘ri deb hisoblaydi.

Olti oy oldin to‘xtab turgan yuk mashinamga bir nechta muhojirlar kirib, yashirinib olibdi. Ular menga sezdirmay chegaragacha kelgan, so‘ng to‘xtaganimda, pichoq bilan brezentni kesib, sakrab qochishdi”, — dedi u.

Biroq nazoratning qaytarilishi, ayniqsa, Shengen hududi tashkil etilishidan oldin yashagan va Yevropa chegaralarida uzoq davom etadigan tekshiruvlarni eslaydigan kishilarning g‘ashini keltirmoqda.

Talabalik paytimda Berlinga borgandim va shaharning ikki qismga bo‘linganini ko‘rgandim. Hozir bu yangilikni eshitganimda, o‘sha davrlarga qaytmaylik-da deb o‘yladim, chunki u paytlar rostdan ham yomon edi. 1980 yillarda avtobusdan tushishimizga to‘g‘ri kelardi, ular barcha pasportlarimizni, avtobusni va yuklarimizni tekshirishardi”, — dedi belgiyalik katta yoshli aholi vakillaridan biri.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya chegaralarida nazorat tiklanishi belgiyaliklarni tashvishga solmoqda