06:00 / 15.09.2024
30

NATO bosh kotibi Ukrainadagi mojaro yakuni haqida bayonot berdi

NATO bosh kotibi Ukrainadagi mojaro yakuni haqida bayonot berdi
Foto: AP Photo
NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun Rossiya bilan muloqot zarur ekanini ma’lum qildi.

Bir narsa aniq: bu urushni yakunlash uchun muayyan vaqtlarda Rossiya bilan yana muloqotni boshlash kerak”, dedi u.
Shu bilan birga, Stoltenberg bu “Ukrainaning kuchiga” asoslanishi kerakligini ta’kidlagan.

Ukraina armiyasining Kursk viloyatiga hujumidan so‘ng Rossiya yetakchisi Vladimir Putin “tinch aholiga, fuqarolik infratuzilmasiga zarbalar bergan yoki atom energetikasi obyektlariga tahdid yaratishga urinayotgan”lar bilan muzokara olib borishning iloji yo‘qligini aytgan.

Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov keyinroq Rossiya rahbari tomonidan ilgari aytilgan Ukrainani tartibga solish bo‘yicha Moskvaning tinchlik takliflari bekor qilinmaganini, ammo hozirgi bosqichda “bu sarguzashtni hisobga olgan holda” Rossiya Ukraina bilan muloqot olib borilmasligini aytgan.

Rossiya TIVning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar Ukrainani qurollantirish va Rossiya hududiga chuqur zarba berish uchun Amerikaning uzoq masofali qurollarini qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqish orqali Kiyevni kengroq mojaroga olib keluvchi provokatsiyalar qilishga undamoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » NATO bosh kotibi Ukrainadagi mojaro yakuni haqida bayonot berdi