Foto: Reuters
Daniyalik sariyog‘ magnati Lars Emil Brunning 100 yil davomida saqlab kelingan tangalarining ayrimlari kimoshdi savdolari orqali sotildi.
Stack's Bowers kimoshdi uyi tomonidan tashkil etilgan savdolar 14 sentyabr kuni Kopengagenda o‘tkazilib, jami 14,8 million yevrolik tanga namunalari sotilgan. Auksionga 20 mingta tangadan iborat kolleksiyadan 286 ta buyum, jumladan, Daniya, Norvegiya va Shvetsiya vikinglarining noyob tanga hamda medallari sotuvga qo‘yilgan.
Brun o‘z to‘plamini yig‘ishni bolaligidan, 1859 yilda amakisi vafot etib, uni merosxo‘rlardan biri sifatida tayinlaganidan keyin boshlagan. Yigitcha qarzga saryog‘ sotish bo‘yicha biznesini boshlaydi va oxir-oqibat katta boylik to‘plashga muvaffaq bo‘ladi. Boyligi tufayli u tangalar to‘plamiga qiziqib qoladi va 1885 yilda Daniya numizmatlar jamiyati asoschilaridan biriga aylanadi.
«Kolleksiya ko‘plab jihatlari bilan noyob. Masalan, unga 100 yil davomida hech kim teginmadi», — deydi professional numizmat Maykl Fornits.
Daniyalik sariyog‘ magnati Lars Emil Brun 1923 yilda vafot etganida o‘z vasiyatnomasida qiziq bir bandni qoldirgandi: uning umri davomida yig‘gan tangalar, banknota va medallar to‘plami yo‘qolib ketish xavfi bo‘lsa, Daniya milliy kolleksiyasida saqlanishi, agar barchasi yaxshi bo‘lsa, oradan 100 yil o‘tgach, uning xazinasi avlodlari foydasiga sotilishi kerak edi. Belgilangan 100 yillik muddat yakunlanganiga keyingi oy bir yil to‘lishi munosabati bilan Brunning shaxsiy to‘plami auksionga chiqarildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”