Foto: Bild
Avstriyada to‘xtovsiz yog‘ayotgan yomg‘ir tufayli minglab qaldirg‘ochlar nobud bo‘ldi. Bu haqda Bild xabar berdi.
Havo namligi yuqori bo‘lgani sababli uchib ketayotgan qushlar oziqlanadigan hasharotlar deyarli yo‘q. Mazkur muammoga past harorat ham qo‘shilib, qushlarning holatiga ta’sir ko‘rsatgan. Yuzlab qaldirg‘ochlar deraza tokchalarida isinishga harakat qilmoqda, yo‘laklarda nobud bo‘lgan qushlar yotgani ta’kidlangan.
Foto: “naslovi.net”
“Biz juda zaiflashgan qaldirg‘ochlar galasini ko‘rmoqdamiz, ular yordamsiz yashay olmaydi va hatto nobud bo‘lmoqda”, deydi Tierschutz Austria hayvonot muhofazasi tashkiloti.
Hayvonlar huquqlari harakati faollari aholini jabrlangan qushlarni qutilarga yig‘ib, qutqaruv markazlariga olib kelishga chaqirgan. Shuningdek, qushlarni boqish uchun xayriya qilish so‘ralmoqda.
“Biz doimo aloqadamiz, ammo murojaatlar soni imkoniyatlarimizdan oshib ketadi. Shuning uchun zudlik bilan Vena va uning atrofidagi qushlarni bizga olib kelish uchun avtomobil va haydovchilik guvohnomasiga ega odamlarni qidirmoqdamiz”, deydi faollar. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi