Foto: Google Images
Yaponiyaning Sidzuoka prefekturasi politsiyasi Yamaha Motor kompaniyasi prezidenti Yosihiro Hidakaning qizi 33 yoshli Hana Hidakani hibsga oldi. Kyodo agentligining politsiyaga tayanib xabar berishicha, ayol otasiga hujum qilgan va oshxona pichog‘i bilan uning qo‘lini kesgan. Hidakaning jarohati yengil bo‘lib, uning hayoti xavf ostida emasligi aytilmoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Yamaha Motor kompaniyasi prezidentining qizining o‘zi politsiyaga 16 sentyabrga o‘tar kechasi qo‘ng‘iroq qilgan. U otasi uni urganini aytgan. Biroq Tokyo Reporter nashriga ko‘ra, voqea joyiga yetib kelgan politsiyachiga 61 yoshli Hidaka u uxlab yotganida qizi unga pichoq bilan hujum qilganini aytgan.
Hana Hidaka hibsga olingan va otasini o‘ldirishga urinishda gumon qilinmoqda. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Yamaha Motor kompaniyasi prezidentining qizi ishsiz va ota-onasi bilan birga yashaydi. Kompaniyaning o‘zi bu masala bo‘yicha izoh berishdan bosh tortdi, chunki masala hali ham tergov ostida.
Yamaha Motor — Yaponiyaning mototsikl ishlab chiqaruvchi kompaniyasi. U 1955 yilda Nippon Gakki Co., Ltd dan ajralib chiqqanidan keyin tashkil etilgan. Kompaniya 2024 yil bo‘yicha Forbes Global 2000 nashri e’lon qilgan reytingga ko‘ra dunyodagi eng yirik ommaviy kompaniyalar ro‘yxatida 1014-o‘rinni egalladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”