Foto: akipress
Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari va O‘zgan tumanining Ko‘k-Tosh uchastkasi chegara xizmati xodimlari tomonidan 34 bosh yilqini O‘zbekistonga o‘tkazishga uringan kontrabandachilar qo‘lga olindi.
Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, 16 avgust kuni gumonlanuvchi B.T.J. O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Habibulla ismli shaxs bilan kelishib, O‘zgan shahridagi chorva bozoridan 24 bosh ot sotib olgan. U 80 ming qirg‘iz so‘mi (taxminan 12 million o‘zbek so‘mi) evaziga muhandislik inshootlari mavjud bo‘lmagan hudud orqali hayvonlarni O‘zbekistonga noqonuniy olib kirishga uringan.
Shuningdek, Oqsuv tumani Qora-Tobo qishlog‘ida sodir bo‘lgan voqea joyida 1999 yilda tug‘ilgan K.B. ham qo‘lga olingan. U 10 bosh otni O‘zbekiston hududiga olib o‘tmoqchi bo‘lgan.
Qirg‘iziston qonunchiligiga ko‘ra, olib qo‘yilgan 34 bosh ot davlat foydasiga musodara qilinadi. Jonivorlar davlat chegarasini qo‘riqlashda foydalanish uchun Chegara xizmati balansiga o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi