17:18 / 18.09.2024
59

Zelenskiy Polsha tashqi ishlar vaziri bilan tortishib qoldi

Zelenskiy Polsha tashqi ishlar vaziri bilan tortishib qoldi
Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiyning Kiyevga tashrifi chog‘ida u bilan “baland ohangda” muloqot qildi. Bu haqda muzokara ishtirokchilariga tayanib, Polshaning Onet portali xabar berdi.

Muzokara ishtirokchilariga ko‘ra, suhbat vaqtidagi vaziyat keskin bo‘lgan, hatto “tortishuv haqida gapirish mumkin”. Zelenskiy Polshani Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga (YEI) kirishi masalasida yetarli darajada qo‘llab-quvvatlamayotganlikda ayblagan. Sikorskiy bunga javoban Polshaga uyushmaga a’zo bo‘lish uchun 10 yil kerak bo‘lganini va Ukraina prezidenti tomonidan so‘ralgan muddatlar real emasligini aytgan.

Shundan keyin Vladimir Zelenskiy Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatish hajmi yetarli emasligi haqida ta’na qildi. Shu nuqtayi nazardan, u Polsha Ukraina ustida raketa va dronlarni urib tushirishi mumkinligini aytdi”, deyiladi xabarda.

Polsha TIV rahbari bu qaror NATO bilan kelishmasdan qabul qilinishi mumkin emasligini bildirgan. Shuningdek, tomonlar Volin qirg‘ini qurbonlarini eksgumatsiya qilish masalasi bo‘yicha bahslashgan.

Sentyabr oyi boshida Sikorskiy Polsha havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukrainaning g‘arbiy qismi ustida Rossiya raketalarini urib tushirishi mumkinligini aytgandi. U bunday qadam Polsha va uning NATOdagi ittifoqchilarini Rossiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuvga olib kelmasligini ta’kidlagan. Shundan so‘ng NATO Polshani “barcha uchun oqibatli” qarorlarni qabul qilishdan oldin ittifoqchilar bilan maslahatlashishga chaqirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy Polsha tashqi ishlar vaziri bilan tortishib qoldi