22:26 / 18.09.2024
62

Moskvadagi Wildberries ofisi yaqinida otishma yuz berdi

Moskvadagi Wildberries ofisi yaqinida otishma yuz berdi
Foto: videodan kadr
Moskvadagi “Romanov Dvor” biznes markazida joylashgan Wildberries kompaniyasi ofisi yaqinida otishma sodir bo‘ldi.

Xabarga ko‘ra, 17 sentyabr kuni Moskva vaqti bilan soat 12:00 atrofida Romanov ko‘chasidagi binoda noma’lum shaxslar tartibsizlik uyushtirgan. Materialda aniqlanishicha, jamoat tartibini buzganlar Wildberries rahbariyati bilan bozor maydoni bo‘yicha munosabatlarga oydinlik kiritmoqchi bo‘lgan.

Shundan so‘ng voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot idoralari xodimlari sakkiz nafar erkakni qo‘lga olgan. Biroq kompaniya ofisiga noqonuniy kirishga urinish bu bilan cheklanib qolmagan.

"Bugun “Romanov Dvor” biznes markazidagi ofis yonida o‘zaro to‘qnashuv davom etdi. Guvohlar otishma va jarohatlar haqida xabar bermoqda”, deyiladi xabarda.

Shu munosabat bilan yaqin atrofda joylashgan Moskva davlat universiteti (MDU) jurnalistika fakulteti binosida evakuatsiya e’lon qilingan.

Wildberries va rus birlashgan kompaniyalari matbuot xizmati xabar berishicha, Wildberries kompaniyaning hammuassislaridan biri Vladislav Bakalchuk hamda bir guruh qurollangan shaxslar ofisga noqonuniy kirishga uringan.

Bugun Vladislav Bakalchuk qurolli soqchilar bilan Wildberries kompaniyasi ofisiga noqonuniy ravishda kirishga urindi. Ayni paytda vaziyat barqaror, kompaniya faoliyatini davom ettirmoqda. Kompaniya ofislarida Vladislav va uning vakillari bilan uchrashuv rejalashtirilmagan”, deyiladi matbuot xizmati xabarida. Hodisa oqibatida bir nafar qo‘riqchi halok bo‘lgan.

RBK Wildberries matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, hozirda ofis yaqinidagi vaziyat barqaror, huquq-tartibot idoralari xodimlari Wildberries hammuassisi tashrifi munosabati bilan barcha zarur choralar ko‘rilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvadagi Wildberries ofisi yaqinida otishma yuz berdi