Foto: Reuters
Vashington Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Rossiya bilan mojaroni hal qilish rejasi bilan tanishib chiqdi. Bu haqda AQSHning BMTdagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild xabar berdi.
Vakilning so‘zlariga ko‘ra, AQSH mazkur rejani targ‘ib qilmoqchi.
“Biz prezident Zelenskiyning “Tinchlik rejasi”ni ko‘rdik. Bizning fikrimizcha, u ishlay oladigan strategiya va rejani ishlab chiqadi. Biz Nyu Yorkda bo‘ladigan davlat rahbarlari bilan muloqot qilib, uni qanday qilib oldinga siljitishimiz mumkinligiga aniqlik kiritishimiz kerak”, dedi Tomas-Grinfild matbuot anjumanida.
Davlat departamenti avvalroq davlat kotibi Entoni Blinken o‘tgan hafta Kiyevga borganida Ukrainaning “Tinchlik rejasi”ni ko‘rib chiqqani haqida xabar bergan edi. Vashington uning mazmunini oshkor qilmagan.
Reuters'ning ma’lum qilishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy rejani kelasi hafta Nyu Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh assambleyasi sessiyasida taqdim etish niyatida.
Ukrainaning g‘alaba rejasi
Reja to‘rtta asosiy va bitta qo‘shimcha bandni o‘z ichiga oladi. Zelenskiy g‘alaba Ukraina uchun “juda kuchli diplomatiyaga tayyor” bo‘lishni anglatishi, shu sababli mazkur reja tayyorlanganini aytgan.
“Ularning to‘rttasi asosiy, qo‘shimcha bittasi esa bizga urushdan keyin kerak bo‘ladi. Men ularni prezident Bayden bilan bo‘lishaman. Gap Ukrainaning xavfsizligi, geosiyosiy o‘rni, Ukrainani juda kuchli harbiy qo‘llab-quvvatlash haqida ketmoqda. Shuningdek, biz u yoki bu ishni qanday amalga oshirishni erkin hal qilishimiz kerakligi to‘g‘risida ham”, deydi siyosatchi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”