11:56 / 19.09.2024
52

Motopoygachi o‘limidan so‘ng musobaqa chempioni bo‘ldi

Motopoygachi o‘limidan so‘ng musobaqa chempioni bo‘ldi
Foto: Getty Images / Luka Salvadori
Mashhur mototsiklchi va bloger Luka Salvadori shosse poygalari bo‘yicha xalqaro chempionat bosqichida dahshatli falokatga uchradi. Shifokorlar italiyalik sportchining hayoti uchun kurashdi, ammo, sportchi Salvadori vafot etdi.

Italiyalik sportchi o‘limidan so‘ng turnir g‘olibiga aylandi. Sportchi musobaqalardagi eng yaqin ta’qibchisining yordami bilan g‘olib bo‘ldi.

So‘nggi poyga

Fojia Germaniyaning Froyburg shahrida havaskorlar va professionallar ommaviy ravishda ishtirok etadigan mashhur IRRC poygasida (Umumiy yo‘llar bo‘yicha jahon chempionati) yuz berdi. Salvadori birinchi davra oxirida raqibi bilan to‘qnashib ketdi.

Mahalliy poygachi Dide Grams mototsikl boshqaruvini yo‘qotib, katta tezlikda Salvadoriga borib urildi. Natijada ikkala sportchi ham kasalxonaga yotqizilgan. Biroq, poyga to‘xtatilmadi. Tashkilotchilar ishtirokchilarga musobaqani davom ettirish yoki ettirmaslik huquqini berdi.

Gramsning hayoti xavf ostida emas, uning bir nechta joyida sinish holatlar mavjud. Ammo nemis shifokorlari Salvadorini qutqarib qola olmadi. Italiyalik poygachi 32 yoshida vafot etdi.

Foto: Getty Images / Luka Salvadori
Luka Pramac Racing jamoasi a’zosi hisoblanadi va uning professional faoliyatidagi eng muhim voqea 2014 yilda 600 Supersport milliy chempionatidagi g‘alaba hisoblanadi. Garchi Salvadori Italiyada eng ko‘p sovrinlarga ega sportchi bo‘lmasa ham, u avtosport olamida haqiqiy yulduz hisoblangan. Uning video platformalardan biridagi kanali 600 mingdan ortiq obunachiga ega.

“Bu sovrin — seniki”

Salvadori Italiyada bo‘lib o‘tgan “National Trophy 1000” musobaqasida ham qatnashgan va umumiy tasnif yetakchisi bo‘lgan. Uning asosiy raqibi Filippo Rovelli marhum do‘stining g‘alabasini ta’minlash uchun turnirning so‘nggi ikki bosqichida ishtirok etmadi.

Foto: Getty Images / Filippo Rovelli
"Luka, ko‘p yillardan buyon yo‘llarimiz kesishgan, ammo bizda bu yilgidek ko‘p to‘qnashuvlar bo‘lmagan. Har bir musobaqa haqiqiy yakkama-yakka jangdek edi. Oldinda bizda yana ikkita poyga bor edi, bir-birimizga yana bir bor raqobat qilish uchun ikkita imkoniyat bor edi.

Lekin bugun men uchun chempionat tugadi. Sensiz, sening g‘ayrating, iste’dodli harakatlaringsiz turnirni davom ettirishdan ma’no yo‘q. Bu unvon seniki, Luka sen bunga loyiqsan. Qaniydi, senda buni nishonlashning boshqacha yo‘li bo‘lganida. Men qo‘lingni siqib, zo‘r ekaningni aytardim. Bu turnir seniki va doim shunday bo‘lib qoladi
”, — deb yozdi Rovelli ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Shunday qilib, tashkilotchilar tomonidan vafot etgan Lukani g‘olib deb topildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Motopoygachi o‘limidan so‘ng musobaqa chempioni bo‘ldi