Foto: Getty Images
Xitoylik biologlar hamda ularning AQSH va Yevropadagi hamkasblari 2019 yil oxiri — 2020 yil boshida Uxan bozori hududidan to‘plangan koronavirus genomining tuzilishini o‘rganib, ushbu savdo maydonchasiga olib kelingan yovvoyi hayvonlar koronavirusning ilk va yagona manbasi bo‘lganini aniqladi.
«Afsuski, Xitoy kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazidan bo‘lgan hamkasblarimiz yetib borgunga qadar bozordan ko‘plab hayvonlar chiqarib tashlangan, shu bois bizda ularning kovid bilan kasallanganini isbotlovchi to‘g‘ridan to‘g‘ri dalillar yo‘q. Shunga qaramay, biz virus zarralari aniqlangan peshtaxtalardan ularning DNK va RNK parchalarini topdik. Bu bozorda kasallangan hayvonlar saqlangan bo‘lsagina aniqlanadigan holat», — deydi Parijdagi Ekologiya va tabiat fanlari instituti yetakchi ilmiy xodimi Florens Debarr.
Dunyo bo‘ylab 7 milliondan ortiq insonning o‘limiga sabab bo‘lgan SARS-CoV-2 virusi aniqlangan bozorda ekzotik oziq-ovqatlar sotilgan, ammo pandemiya boshlaganidan keyin virusning ko‘plab turlari paydo bo‘la boshlagani sabab olimlar Uxan bozorini birinchi va yagona manba ekanini aniq ayta olmaydi.
Bunday farazlar xalqaro ilmiy jamiyada ko‘plab bahs-munozaralarni, shuningdek, o‘nlab konspirologik qarashlarni yuzaga keltirdi. Xitoy kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi mutaxassislari bir-biriga zid ushbu ma’lumotlarga barham berish maqsadida yetakchi epidemiolog, biolog va genetiklarga pandemiya boshidayoq Uxan bozoridan to‘plangan barcha biomateriallarni taqdim etgan.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatganki, genom tuzilishi hamda xilma-xillik darajasi Uxan bozoridagi va birinchi kovid tashuvchilar tanasidan olingan virus namunalari bilan bir xil. Taxminlarga ko‘ra, SARS-CoV-2 virusining tashuvchilari bozorga Janubi-Sharqiy Osiyodan yoki Xitoyning markaziy hududlaridan kelib qolgan. Ushbu hududlardagi yovvoyi hayvonlarni o‘rganish orqali koronavirusning «vatanini» aniqlash mumkin bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi