Foto: AFP
Isroil armiyasi 19 sentyabr kuni tunda Livan janubiga eng yirik havo hujumini uyushtirdi. Hujum oqibatida “Hizbulloh” guruhining 1000 ga yaqin raketasi yo‘q qilindi. Bu haqda yahudiy davlati armiyasi xabar berdi.
Asosiy nishon “Hizbulloh” harbiy infratuzilmasi bo‘lgan. Oqibatda 100 ta uchirish qurilmasi, shuningdek, Isroil hududiga qarata uchirishga tayyor bo‘lgan 1000 dan ortiq raketa yo‘q qilingan. Isroilning ayrim Telegram kanallari bu so‘nggi bir yil ichida “Hizbulloh” obyektlariga qarshi amalga oshirilgan eng yirik hujum bo‘lganini ta’kidlamoqda.
Hujumdan oldin “Hizbulloh” jangchilari Isroil armiyasining chegaradagi 17 ta pozitsiyasiga zarba bergan.
“Islomiy qarshilik jangchilari dushman Isroilning Mituldagi tayanch punktiga raketa zarbasini berdi”, deyiladi Livan guruhi bayonotida.
“Hizbulloh” kazarmalar, boshqa tayanch punktlari va Isroil armiyasining to‘planish joylari ham zarba ostida qolgani, natijada Isroil harbiylari orasida halok bo‘lganlar va yaradorlar borligini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi