Foto: ABC News
AQSHda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy urush ko‘pchilik o‘ylaganidan ko‘ra “tugashga yaqin” ekanini aytdi. Bu haqda u ABC News'ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Siyosatchi g‘alaba rejasining mohiyati nimadan iboratligini aytdi va ittifoqchilarni Ukraina armiyasini mustahkamlashga chaqirdi.
“G‘alaba rejasi — bu Ukrainani mustahkamlash. Shuning uchun do‘stlarimizdan, ittifoqchilarimizdan bizni mustahkamlashlarini so‘raymiz. Bu juda muhim. Menimcha, biz o‘ylaganimizdan ko‘ra tinchlikka yaqinroqmiz. Urushning tugashiga yaqinlashmoqdamiz”, dedi Zelenskiy.
Siyosatchi AQSH va Britaniyaga bir necha bor murojaat qilib, ulardan Ukrainaga berilgan uzoq masofali raketalarni Rossiya ichkarisidagi nishonlarga qarshi ishlatish bo‘yicha cheklovlarni bekor qilishni so‘ragandi. Zelenskiy iltimosi Ukraina sharqidagi shiddatli janglar fonida, shuningdek, Rossiyaning Kursk viloyatidagi operatsiyadan bir necha hafta o‘tgach yangradi.
Ukraina prezidenti ABC News'ga bergan intervyusida Putin Kursk operatsiyasidan “qo‘rqayotgani”ni aytdi.
“Bu haqiqat. U (Putin) juda qo‘rqmoqda. Nega deganda, uning xalqi u o‘zining... butun hududini himoya qila olmasligini ko‘rdi”, dedi Zelenskiy.
Prezident faqat “kuchli pozitsiyadan” turib Ukraina “Putinni urushni to‘xtatishga majbur qilishi” mumkinligini aytdi.
Zelenskiyning g‘alaba rejasi mohiyati nimada?
The Times gazetasi yozishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Oq uy rahbari Jo Baydenga g‘alaba rejasini taqdim etmoqchi. U to‘rtta asosiy bandni o‘z ichiga oladi:
- NATOga a’zolik doirasida tuzilgan o‘zaro mudofaa shartnomasiga o‘xshash G‘arb xavfsizlik kafolatlarini so‘rash;
- Hududiy ustunlikka erishish maqsadida Ukrainaning Rossiyaning Kursk viloyatidagi harbiy operatsiyasini davom ettirish;
- “Aniq belgilangan” zamonaviy qurol-yarog‘ turlarini so‘rash;
- Ukraina iqtisodiyotiga xalqaro moliyaviy yordam ko‘rsatish.
Ta’kidlash kerakki, Zelenskiyning rejasi hali rasman e’lon qilinmagan. Siyosatchi AQSHga tashrif buyurgan va allaqachon bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”