Foto: Reuters
AQSH rahbari Jo Bayden Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan muzokaralardan so‘ng amirliklarni Qo‘shma Shtatlarning asosiy mudofaa hamkori deb e’lon qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
BAA Hindistondan keyin bunday maqomga ega bo‘lgan ikkinchi davlatga aylandi.
Bu strategik hamkorlik yanada chuqurroq harbiy muvofiqlashtirishga, jumladan, qo‘shma mashg‘ulotlar, harbiy mashqlar va boshqa hamkorlik shakllariga yo‘l ochadi. Bu ikki davlatning beqaror Yaqin Sharq mintaqasida, ayniqsa, harbiy mojarolar va terroristik guruhlar tahdidi sharoitida xavfsizlikni mustahkamlash istagini aks ettiradi, deyiladi Oq uy xabarida.
Asosiy mudofaa hamkori maqomi AQSH va BAA o‘rtasidagi mudofaa sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga, ham ikki tomonlama, ham ko‘p millatli harbiy operatsiyalarni kengaytirishga imkon yaratadi.
Bayden va shayx Muhammad o‘rtasidagi muzokaralarning asosiy mavzularidan biri G‘azoda Isroil va HAMAS o‘rtasidagi mojaroning kuchayishi bo‘lgan. Har ikki rahbar urush harakatlaridan aziyat chekayotgan tinch aholiga yordam berish maqsadida G‘azoga “shoshilinch va to‘siqsiz” insonparvarlik yordamini yetkazib berishga chaqirgan. Uchrashuvdan so‘ng e’lon qilingan qo‘shma bayonotda Isroil va HAMAS o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatishning muhimligi ta’kidlangan.
Harbiy va gumanitar masalalarni muhokama qilish bilan birga, yetakchilar kosmik tadqiqotlar, toza energetika va sun’iy intellekt kabi yuqori texnologik sohalarda hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olgan.
BAA allaqachon ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha ulkan rejalarga ega va Xitoy kabi global o‘yinchilarning e’tiborini jalb qilmoqda. Ammo AQSH bilan hamkorlikni chuqurlashtirish ushbu sohalarni rivojlantirishda yangi imkoniyatlar yaratadi, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi