Foto: BBC
Qirollik oilasining ta’minoti aslida Britaniya soliqchilariga budjetdan rasman ajratiladigan 86 million funt emas, balki yiliga 510 million funtga (680 million dollar) tushmoqda. Bu haqda Republic antimonarxiya tashkilotiga tayanib, BBC xabar berdi.
Tashkilot o‘zining yangi hisobotida nafaqat qirol, shahzoda va malikalarni ta’minlash xarajatlarini, balki Britaniya xazinasi ko‘rayotgan yo‘qotishlarni ham umumlashtirdi. Bu yo‘qotishlar katta miqdordagi yer va ko‘chmas mulk davlatga emas, balki qirolga tegishli ekani sababli yuzaga kelmoqda.
“Suveren grant” shaklida to‘g‘ridan to‘g‘ri budjetdan yiliga 86 million funt (taxminan 115 million dollar) ajratiladi. 2011 yildagi qonunga ko‘ra, bu summa har yili Toj mulklari (Crown Estate) daromadlarini hisobga olgan holda hisoblanadi. Monarx bu mulklarni yillik grant evaziga davlatga topshiradi. Boshqacha aytganda, bu amalda va mohiyatan Toj mulklaridan olingan daromadlarning ma’lum bir qismini qirollik xonadoniga qaytarib berishdir.
Toj mulklariga Londonda va boshqa shaharlardagi ko‘plab ko‘chmas mulk obyektlari, shuningdek, keng yer maydonlari kiradi. Bu mulklarning umumiy qiymati taxminan 16 milliard funt sterlingni tashkil etadi; bularning barchasi ijaraga berilgan bo‘lib, 2023 yilda 443 million funt sterling daromad keltirdi.
Suveren granti faqatgina qirollik oilasi va uning saroylarini saqlash, ularning faoliyatini ta’minlash, tashrif va marosimlarni uyushtirish kabi to‘g‘ridan to‘g‘ri xarajatlarni qoplaydi, ammo xavfsizlikni ta’minlash xarajatlari kabi boshqa chiqimlarni o‘z ichiga olmaydi. Shu bilan birga, Republic tashkiloti bu qo‘shimcha xarajatlarni 150 million funt sterlingga baholamoqda.
Bundan tashqari, antimonarxistlar fikricha, Lankaster va Kornuoll gersogliklariga tegishli qirollik qarorgohlari va mulklarni tijorat asosida foydalanish mumkin bo‘lib, bu budjetga taxminan 200 million funt sterlingga yaqin daromad keltirishi mumkin edi.
Bu ikki “gersoglik” aslida qirol va Uels shahzodasi ta’minotiga yo‘naltirilgan daromadni boshqaruvchi toj mulkini nazorat qiluvchi muassasalardir.
Republic faollari fikriga ko‘ra, monarx uchun umumiy xarajatlar yiliga 5-10 million funt sterlingni tashkil etishi, shaxsan qirolga esa yiliga 189 ming funt sterling maosh belgilanishi kerak. Hozirgi vaziyatni esa antimonarxistlar “xalq pulini sharmandalarcha isrof qilish” deb baholaydi.
"Qirollik oilasiga yarim milliard funt sarf qilayotgan bir paytda, isitish uchun qishki kompensatsiyalarni qisqartirish haqida qanday gapirish mumkin?", - deb ta’kidladi Republic tashkiloti rahbari Grem Smit.
Bukingem saroyi BBCning ushbu hisobotga izoh berish to‘g‘risidagi iltimosini rad etgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”