Foto: AFP
BMTning Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi tadbirida amerikalik aktrisa Meril Strip “Tolibon” hukmronligidagi mamlakatda ayollarining ahvolini keskin qoraladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, afg‘on ayollarining huquqlari hozir eng past darajada, hatto hayvonlarning huquqlaridan ham pastroq. Strip “Kobuldagi mushuk ayoldan ko‘ra ko‘proq erkinlikka ega” ekanini ta’kidlab, ayollar va qizlarga qo‘yilgan cheklovlar, jumladan, jamoat bog‘lariga borish va jamoat hayotida ishtirok etish taqiqlanganini eslatgan.
BMTning siyosiy masalalar bo‘yicha vakili Rozmari Dikarlo ham mamlakatdagi diskriminatsion cheklovlarni zudlik bilan olib tashlashga chaqirgan. U BMT Afg‘onistonda yanada inklyuziv boshqaruvga erishish uchun xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qilishda davom etishini qo‘shimcha qilgan.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish mamlakatda ayollar huquqlari tan olinmasa, Afg‘oniston xalqaro maydonda o‘z o‘rnini egallay olmasligini aytib, de-fakto rasmiylarni cheklovlarni zudlik bilan bekor qilishga chaqirgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi