79
Tramp Zelenskiyni tanqid qildi: “U har AQSHga kelganda 100 mlrd dollar bilan qaytib ketadi”
Foto: AFP
AQSH sobiq rahbari Donald Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni keskin tanqid qilib, qayta saylangan taqdirda urushni tugatishini yana bir bor aytdi. Bu haqda Forbes xabar berdi.
"Zelenskiy har safar Qo‘shma Shtatlarga kelganida u 100 milliard dollar bilan qaytib ketadi, menimcha, u Yer yuzidagi eng zo‘r savdogardir", dedi u.
Tramp, shuningdek, Ukraina urushda g‘alaba qozonishiga shubha bildirdi va Rossiyaning harbiy salohiyatini maqtadi.
"Ular Gitlerni mag‘lub etishdi, ular Napoleonni mag‘lub etishdi — ular shunday qilishadi, jang qilishadi", dedi sobiq prezident.
Siyosatchi amaldagi prezident Jo Bayden va prezidentlikka nomzod Kamala Harrisni AQSHni Ukrainadagi urushga jalb qilganlikda aybladi.
"Bayden va Kamala bizni bu urushiga boshlab kirdi, endi esa undan chiqara olmayapti. Ular bizni bu urushdan chiqarishga ojiz. Menimcha, prezident bo‘lmasam, biz bu urushga botib qolamiz. Men buni hal qilaman. Muzokara olib borib, bizni undan olib chiqaman. Biz bu urushdan chiqishimiz shart. Bayden: “G‘alaba qozonmagunicha ketmaymiz”, deyapti. Xo‘sh, agar ular g‘alaba qozonsa nima bo‘ladi? Biz 3 yil ichida allaqachon milliardlab mablag‘ sarf qildik", dedi u.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi