06:00 / 26.09.2024
35

Hindiston BMTni isloh qilishga chaqirdi

Hindiston BMTni isloh qilishga chaqirdi
Foto: “RIA Novosti”
Hindiston tashqi ishlar vaziri Subrahmanyam Jayshankar BMT o‘tmishning asiri bo‘lib qolayotgani va global janubdagi mamlakatlar “yetarlicha baholanmayotgani”ni aytib xalqaro institutlarni isloh qilishga chaqirdi.

Dunyo aqlli, o‘zaro bog‘liq va ko‘p qutbli maydonga aylandi. BMT tashkil etilgandan beri uning a’zolari to‘rt baravar ko‘paydi. Biroq BMT hanuzgacha o‘tmishning asiri bo‘lib qolmoqda”, dedi Jayshankar BMT Bosh assambleyasining 79-sessiyasi doirasidagi uchrashuvda G20 tashqi ishlar vazirlariga murojaat qilar ekan.

Doimiy a’zolar toifasida kengayish va to‘g‘ri vakillik qilish alohida ahamiyat kasb etadi. Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi — global janub bundan keyin munosib baholanishi kerak”, deya qo‘shimcha qildi u.

Jayshankar, shuningdek, xalqaro moliya va savdo arxitekturasi islohotga muhtojligini qayd etdi.

Hindiston tashqi ishlar vaziri dunyoda qulay savdo va sarmoyaviy muhitni rag‘batlantirish uchun “haqiqatan ham teng sharoit va adolatli raqobatni ta’minlash” zarurligini ta’kidladi.

Bozorni buzuvchi amaliyotlar va proteksionizmdan qat’iyan voz kechish kerak”, dedi Jayshankar.

Haqiqiy o‘zgarishlar bo‘lishi kerak va ular tez orada sodir bo‘lishi zarur”, deb xulosa qildi Hindiston TIV rahbari.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindiston BMTni isloh qilishga chaqirdi