22:58 / 26.09.2024
17

NATO uchinchi jahon urushi uchun rejalar tayyorlamoqda

NATO uchinchi jahon urushi uchun rejalar tayyorlamoqda
Foto: Flickr
NATO uchinchi jahon urushi rejalarini ishlab chiqmoqda.

Rossiya bilan ehtimoliy urush yuzaga kelgan taqdirda yaradorlarni front chizig‘idan keng ko‘lamli evakuatsiya qilish rejasi tayyorlanmoqda”, dedi alyansning logistika qo‘mondonligi rahbari, general-leytenant Aleksandr Zollfrank.

Zollfrankning fikricha, bunday urush katta ehtimol bilan “keng jang maydonida” sodir bo‘ladi va NATO uchun jiddiy yo‘qotishlarga olib keladi. General Rossiya Aerokosmik kuchlarining keng imkoniyatlari tufayli yaradorlarni havo orqali evakuatsiya qilish o‘ta xavfli bo‘lishi mumkinligini, shuning uchun tez yordam poyezdlaridan foydalangan ma’qul ekanini ta’kidlagan.

Asosiy vazifa eng yomon holatda ko‘p sonli jabrlanganlarga tez va sifatli yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘ladi”, deya qo‘shimcha qilgan u.

Zollfrank, shuningdek, NATOning tibbiy qoidalarini uyg‘unlashtirish muhimligini aytgan. Uning ta’kidlashicha, yechimlardan biri og‘ir jarohatlar uchun zarur bo‘lgan kuchli dori vositalarining, shu jumladan, og‘riq qoldiruvchi vositalarning erkin harakatlanishini ta’minlaydigan “harbiy tibbiy Shengen” ni yaratish bo‘lishi mumkin.

Daily Mail'ga ko‘ra, tibbiy evakuatsiyani rejalashtirish NATOning Rossiya bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan urushga tayyorgarligining bir elementidir

Joriy yil boshida Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius G‘arb davlatlari yaqin 3-5 yil ichida Rossiya bilan ehtimoliy urushga faol tayyorgarlik ko‘rishlari kerakligini aytgan edi.

Harbiy ekspertlarning fikricha, Rossiyaga yirik harbiy amaliyotlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun bir necha yil kerak bo‘ladi. Va aynan 3-5 yildan biz intensiv qurollanish uchun foydalanishimiz kerak”, deb ta’kidlagan edi nemis vaziri.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » NATO uchinchi jahon urushi uchun rejalar tayyorlamoqda
ePN