Foto: Getty Images
Pentagon AQSH ma’muriyatiga Ukrainani oq fosforli o‘q-dorilar bilan ta’minlashni tavsiya qildi, biroq Oq uy bu g‘oyani bir necha bor rad etdi, deb yozadi NBC News.
Nashr suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, Pentagon fosforli o‘q-dorilarni Ukrainaga yuborilayotgan so‘nggi harbiy yordam paketlariga kiritishni ham tavsiya qilgan. AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati oq fosforning tinch aholi uchun oqibatlaridan qo‘rqib, ushbu tavsiyani ma’qullamagan.
Manbalarning ta’kidlashicha, agar g‘oya yakunda ma’qullansa, oq fosforli o‘q-dorilar Ukrainaga ommaviy ravishda e’lon qilinmasdan yuborilishi mumkin.
AQSH armiyasi tutun ekranlarini yaratish yoki jang maydonida yoritish uchun oq fosforli o‘q-dorilardan foydalanadi. Biroq fosforli o‘q-dorilar juda tez alangalanadi va kuchli kuyishga olib kelishi mumkin.
Pentagon va Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi mazkur xabarlarga izoh bermagan.
2022 yil mart oyida Vladimir Zelenskiy NATO davlatlari rahbarlari bilan uchrashuvda Rossiyani Ukrainada tinch aholiga qarshi fosforli o‘q-dorilardan foydalanganlikda ayblagan edi. Pentagon Rossiya tomonidan fosforli o‘q-dorilar qo‘llanganini tasdiqlay olmagan.
Rossiya ham Ukrainani 2022 yil fevral oyi oxirida oq fosforli o‘q-dorilardan foydalanganlikda ayblagan. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina armiyasi Kiyev chekkasidagi Gostomel aeroporti yaqinida fosfor bilan to‘ldirilgan snaryadlarni tashlaganini ma’lum qilgan.
Oq fosforli o‘q-dorilarni tinch aholi zich joylashgan hududlardagi harbiy nishonlarga qarshi qo‘llash 1949 yilgi Jeneva konvensiyasi hamda 1980 yilgi BMTning ayrim oddiy qurollar to‘g‘risidagi konvensiyasiga qo‘shimcha protokol bilan taqiqlangan. Qo‘shma Shtatlar Jeneva konvensiyasi protokolini imzolamagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar