Foto: Reuters
AQSH prezidenti Jo Bayden va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Oq uyda uchrashdi. Uchrashuvda Bayden Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun 8 milliard dollar ajratilishini ma’lum qildi.
Bayden Pentagonga bu mablag‘ni o‘z muddati tugaguncha ajratishni topshirdi. U, shuningdek, Ukraina armiyasiga harbiy texnikaning navbatdagi partiyasi yuborilishini ham ma’lum qildi.
“Mudofaa vazirligi Xavfsizlik bo‘yicha yordam tashabbusi orqali Ukrainaga qo‘shimcha havo mudofaa vositalari, uchuvchisiz samolyotlar va havodan yerga o‘q-dorilarni o‘z ichiga olgan 2,4 milliard dollarlik yordamni e’lon qildi”, deyiladi Oq uy veb-saytida.
AQSH prezidenti uzoq masofali JSOW o‘q-dorilari, Patriot havo mudofaa tizimlari va ular uchun o‘q-dorilar Ukrainaga yetkazilishini ma’lum qilgan. U, shuningdek, ukrainalik uchuvchilarni F-16 qiruvchi samolyotlarida o‘qitish dasturi kengaytirilishini aytgan.
Qo‘shma Shtatlar 25 sentyabr kuni Ukrainaga 375 million dollarlik harbiy yordam paketi ajratgani xabar qilingan edi, u bombalar, HIMARS o‘q-dorilari, Javelin raketalari, MRAP zirhli mashinalari, patrul katerlari, o‘q otish qurollari va tankka qarshi qurollarni o‘z ichiga olgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar