Foto: Reuters
Yaponiya sudi 1968 yilda bir oilaning 4 nafar a’zosini o‘ldirishda ayblanib, o‘limga hukm qilingan 88 yoshli Ivao Xakamadani oqladi.
O‘nlab yillar davomida uning himoya jamoasi sudga apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan. 2014 yilgacha Xakamada o‘limga hukm qilinganlar uchun maxsus kamerada saqlangan, shundan so‘ng u qo‘yib yuborilgan va sud jarayoni qayta boshlangan.
“Sud uning aybini tasdiqlovchi dalillar uydirma ekanligini aniqladi”, deb xabar beradi Kyodo nashri.
Ivao Xakamada professional bokschi bo‘lgan. Sport karyerasini yakunlagach, miso fabrikaga (an’anaviy yapon oshxonasining mahsuloti) ishga kirgan. 1966 yil 30 iyunda boshliqlaridan birining uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Xakamada yong‘inni o‘chirishga yordam bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘shanda u boshlig‘i, uning xotini va ikki farzandining pichoq bilan jarohatlangan jasadini topgan. Shuningdek, uydan noma’lum shaxs 200 ming yuanni o‘g‘irlab ketgan.
Xakamada qotillikda ayblanib, hibsga olingan. 20 kunlik so‘roqdan so‘ng u o‘z aybiga iqror bo‘lgan, biroq sudda u aybni qiynoqlar ostida tan olganini aytgan. Hibsga olinganidan bir yil o‘tib, fabrikadagi miso konteynerlaridan birida qon izlari bo‘lgan kiyimlar topilgan. Izlar qurbonlarning qon guruhlariga mos kelgan. Sud shundan so‘ng Xakamadani o‘limga hukm qilgan va 1980 yilda Yaponiya Oliy sudi hukmni tasdiqlagan. 2011 yilda Xakamada o‘lim jazosini eng uzoq kutgan shaxs sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan.
2014 yil mart oyida tuman sudi ishni qayta ochganida, Xakamada ozodlikka chiqqan. Keyinchalik, ekspertiza topilgan qonli kiyimlarda Xakamadaning DNKsi yo‘qligini ko‘rsatgan. Oxirgi sud majlisi joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tgan, prokurorlar o‘lim jazosini talab qilishda davom etgan. Biroq sud aybdorlik dalillarini uydirma deb tan olgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi