11:03 / 27.09.2024
148

Nyu-York meriga jiddiy ayblov qo‘yildi. Bu O‘zbekistonga ham aloqador

Nyu-York meriga jiddiy ayblov qo‘yildi. Bu O‘zbekistonga ham aloqador
Nyu-York meri Erik Adamsga beshta punkt bo‘yicha jinoiy ayblov e’lon qilindi. Bu haqda OAV sud hujjatlariga tayanib xabar bermoqda.

AQSHning yirik shahri meri, jumladan, xorijliklardan pora olish, elektron firibgarlik va chet ellik shaxslar tomonidan noqonuniy moliyalashtirishda ayblanmoqda. Shahar hokimiyatidan yordam va’da qilgani uchun Adamsga aviachiptalar va mehmonxonalar uchun pul to‘langan va turkiyaliklar uning 2025 yilgi saylov kampaniyasiga xayr-ehson qilgan.

The New York Times gazetasining yozishicha, tergov nafaqat Adamsning Turkiya, balki Isroil, Qatar, Xitoy, Janubiy Koreya va O‘zbekiston bilan aloqalarini ham qamrab olgan. O‘zbekiston Adams tashrif buyurmagan yagona davlatdir.

Nyu-Yok meriga nisbatan ayblangan jinoyatlar 2015 yildan 2024 yilgacha, u shahar hukumatida turli lavozimlarda ishlagan vaqtni qamrab oladi.

Sentyabr oyi boshida FQB xodimlari Erik Adamsning ikki eng yaqin yordamchisining uylariga reyd o‘tkazdi. Merning birinchi o‘rinbosari Shina Rayt va jamoat xavfsizligi bo‘yicha o‘rinbosar Fil Benksning uylarida tekshiruvlar federal tergovning bir qismi edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nyu-York meriga jiddiy ayblov qo‘yildi. Bu O‘zbekistonga ham aloqador