16:56 / 27.09.2024
24

Shvetsiyada bobo-buvilarga nabiralariga qaragani uchun nafaqa berilmoqda

Shvetsiyada bobo-buvilarga nabiralariga qaragani uchun nafaqa berilmoqda
Foto: Getty Images
Shvetsiyada endi bobo-buvilar nabiralarini parvarish qilgani uchun hukumatdan pul nafaqasi olmoqda. Tegishli qonun shu yilning yozida kuchga kirdi. Barcha ma’muriy jarayonlar bilan Shvetsiya ijtimoiy sug‘urta agentligi shug‘ullanadi, deb xabar berdi Euronews.

Shvetsiyada bolani parvarish qilish ta’tili haqidagi yangi qoidalarga ko‘ra, ota-onalar o‘zidagi haq to‘lanadigan ta’tildan 45 kungacha bo‘lgan qismini bolaning qonuniy vasiysi bo‘lmagan shaxsga berish huquqiga ega bo‘ldi. Yolg‘iz ota-onalar esa maksimal 90 kunni boshqa shaxsga o‘tkazishi mumkin.

Shvetsiyada har bir bola uchun davlat nafaqasi 480 kun, ya’ni taxminan 16 oy davomida to‘lanadi. 390 kun mobaynida pul shaxsning to‘liq daromadi asosida hisoblanadi, qolgan 90 kun uchun esa kuniga 180 kron (17 dollar) miqdorida belgilangan qat’iy summa beriladi.

Shvetsiya Ijtimoiy sug‘urta agentligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, yangi qonun ota-onalarning ish va shaxsiy hayoti o‘rtasidagi muvozanatni yaxshilashga hamda gender tengligiga ko‘maklashishga qaratilgan. Qonunni taqdim etgan vazir Shvetsiya butun Yevropa uchun namuna bo‘lishiga umid qilmoqda.

Avgust oyi oxiriga kelib, qariyb 1500 nafar shved fuqarosi yangi qonun bergan imkoniyatlardan foydalangani aytildi.

Shvetsiyada ota-onalar uchun boshqa imtiyozlar ham bor — farzandi 8 yoshga to‘lmaganlarga qisqartirilgan ish kuni beriladi. Davlat xizmatchilariga esa bu imtiyoz bolasi 12 yoshga to‘lguncha amal qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shvetsiyada bobo-buvilarga nabiralariga qaragani uchun nafaqa berilmoqda