08:13 / 28.09.2024
57

Qozog‘iston prezidenti korteji marshrutidan o‘q otish qurollari topildi

Qozog‘iston prezidenti korteji marshrutidan o‘q otish qurollari topildi
Foto: AP
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev kortejining Turkiston viloyatidagi yo‘nalishini tekshirish chog‘ida Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari tomonidan o‘q otish qurollari ombori topildi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

«Hozir barcha holatlarni aniqlash va gumondorlarni qo‘lga olish bo‘yicha zarur tezkor-qidiruv va tergov tadbirlari o‘tkazilmoqda», deyiladi IIV matbuot xizmati xabarida.

Qosim-Jo‘mart To‘qayev 27 sentyabr kuni Turkiston viloyatiga xizmat safari bilan bordi. Prezident ta’lim, madaniyat, sport inshootlari va sanoat korxonalariga tashrif buyurishi, investitsiya loyihalari bilan tanishishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston prezidenti korteji marshrutidan o‘q otish qurollari topildi