Foto: nato.int
NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yadroviy doktrinaga doir nutqini xavfli ritorika deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva doktrinani qayta ko‘rib chiqish orqali alyans a’zolarini qo‘rqitmoqchi.
“Rossiyaning yadroviy ritorikasi xavfli va ehtiyotsizlikdir. Biz Rossiya nima qilayotganini diqqat bilan kuzatib boryapmiz”, dedi Stoltenberg o‘z nutqi chog‘ida.
Putin 25 sentyabr kuni Rossiya Xavfsizlik kengashining yadroviy qurollarni jilovlash bo‘yicha doimiy yig‘ilishidagi nutqida yadroviy doktrinaning o‘zgarishini istisno qilmagan edi. Shu bilan birga, hozirda yadroviy quroldan foydalanish haqida “hatto o‘ylash”ning hojati yo‘qligini aytdi.
"Rossiya agressiya paytida yadro qurolidan foydalanish huquqini o‘zida saqlab qoladi, shu jumladan, dushman oddiy qurollardan foydalangan holda “kritik tahdid” yuzaga keltirsa ham", dedi Putin.
Hujjatning yangilangan tahririda har qanday yadroviy bo‘lmagan davlatning Rossiyaga qarshi tajovuzi, agar u “yadroviy davlat ishtirokida yoki qo‘llab-quvvatlashi bilan” sodir etilsa, uni Rossiyaga qarshi qo‘shma hujum sifatida baholash taklif etilmoqda.
Putinga ko‘ra, yangilangan yadro doktrinasi loyihasida yadroviy tiyib turish siyosati olib boriladigan davlatlar va harbiy ittifoqlar toifasi kengaytiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”