Foto: Reuters
Hindistonning dori vositalarini tartibga soluvchi organi (CDSCO) 50 dan ortiq dori vositalari, jumladan, keng qo‘llaniladigan antatsidlar va paratsetamolning ayrim partiyalari sifatsiz yoki qalbaki ekanini aniqladi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Nazorat organi mamlakat bo‘ylab o‘tkaziladigan muntazam tekshiruvlardan so‘ng, sifatsiz yoki qalbaki dori vositalarining oylik ro‘yxatini e’lon qilib boradi.
CDSCO ba’zi dorilarning «standart sifatga ega emasligini» aniqlagan. Jumladan, avgust oyidagi ro‘yxatga antatsid Pan-D, infeksiyaga qarshi Cepodem dorisi, Pure & Cure Healthcare tomonidan ishlab chiqarilgan vitamin va kalsiy tabletkalari, shuningdek, bir qancha antibiotiklar kiritilgan.
Shuningdek, Sun Pharmaceutical Industries tomonidan ishlab chiqarilgan mashhur antatsid Pantoprazol dorisining qalbaki partiyasi aniqlangan. O‘pkada yuqori qon bosimini davolashda qo‘llaniladigan Pulmosil ham qalbaki bo‘lib chiqqan.
«Dori sifat standartlariga javob bermasligi aniqlanganda, dori vositalarini tartibga soluvchi organ ishlab chiqaruvchiga mahsulot partiyasini tekshirish va qaytarib olish to‘g‘risida xabar beradi. Kompaniyalar, shuningdek, soxtalashtirish ehtimolini tekshirish uchun qolgan namunalar bo‘yicha o‘z sinovlarini o‘tkazmoqda», dedi Rajiv Singhal, Hindiston kimyogarlari va farmatsevtlari bosh kotibi.
Reuters agentligining ta’kidlashicha, dunyoning eng yirik dori ishlab chiqaruvchilari va eksportchilaridan biri bo‘lgan Hindiston yo‘tal siroplari Gambiya, O‘zbekiston va Kamerunda bolalar o‘limiga aloqador bo‘lganidan keyin o‘ziga bo‘lgan ishonchni tiklash ustida ishlamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi