16:06 / 28.09.2024
22

Tramp qidiruv tizimida u haqidagi yomon xabarlar uchun Google'ni sudga bermoqchi

Tramp qidiruv tizimida u haqidagi yomon xabarlar uchun Google'ni sudga bermoqchi
Foto: Reuters
AQSH prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp agar u qayta saylansa, Google kompaniyasini javobgarlikka tortishi bilan tahdid qildi.

Trampning fikricha, qidiruv tizimi u haqida faqat “yomon xabarlar”ni, Kamala Harris haqida esa “faqat yaxshi xabar”larni chiqarib beradi, deb yozadi The New York Times.

Google qidiruv tizimidan Donald Tramp haqida faqat yomon xabarlarni namoyish qilish uchun foydalanmoqda. Ularning ba’zilari shu maqsadda maxsus tuzilgan, shu bilan birga Kamala Xarris haqida faqat yaxshi xabarlar chiqarilyapti”, deb yozdi Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

U, shuningdek, AQSH Adliya vazirligi bunday “saylovga ochiq aralashish” uchun aybdorlarni javobgarlikka tortishiga umid bildirdi. Donald Tramp agar qayta saylansa, Google kompaniyasiga nisbatan tergov o‘tkazilishini talab qilishini ta’kidladi.

Kompaniyaning o‘zi sobiq prezidentning ayblovlarini rad etdi. Google ma’lum qilishicha, kompaniya o‘z algoritmlarini o‘zgartirmagan va xabarlar qidiruv so‘roviga muvofiq ko‘rsatiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp qidiruv tizimida u haqidagi yomon xabarlar uchun Google'ni sudga bermoqchi