Foto: EPA/EFE-MaxPPP/Wael Hamzeh
«Hizbulloh» harakati tuzilmalariga kirib borgan Eronning qo‘sh agenti Isroil armiyasiga guruh rahbari Hasan Nasrullohning qayerda ekanligi haqida ma’lumot berdi, bu esa SAHALga uni yo‘q qilish imkonini yaratdi. Bu haqda 28 sentyabr, shanba kuni Fransiyaning Le Parisien gazetasi Livan xavfsizlik xizmatidagi manbaga tayanib xabar berdi.
Nashrning yozishicha, 27 sentyabr kuni Hasan Nasrulloh bir kun avval Isroil havo hujumi natijasida halok bo‘lgan «Hizbulloh» uchuvchisiz uchoqlar bo‘linmasi qo‘mondoni Muhammad Husayn Srurning dafn marosimida ishtirok etgan. Dafn marosimi guruhning yerosti qo‘mondonlik markazidan uncha uzoq bo‘lmagan Haret-Xreyk hududida bo‘lib o‘tdi. Ayni vaqtda bunkerlarni yo‘q qiladigan bombalar bilan jihozlangan Isroilning F-35 qiruvchi samolyotlari pistirmada turib, nishonning «Hizbulloh» qarorgohiga qaytishini kutishgan.
Kunning ikkinchi yarmida eronlik agent isroilliklarga Nasrullohning yaqin orada yetib borishi haqida xabar berdi. U dafn marosimidan so‘ng Islom inqilobi muhofizlari korpusining nufuzli bo‘linmasi - "Al-Quds" kuchlari qo‘mondoni o‘rinbosari, eronlik general-mayor Abbos Nilforushanning mashinasida o‘z qarorgohiga yetib keldi. Guruhning favqulodda yig‘ilishida Nasrullohdan tashqari yana 12 nafar qo‘mondon ishtirok etgan.
Le Parisien nashri xabariga ko‘ra, Isroil harbiylari portlash buyrug‘ini berishdan oldin hamma bir xonada yig‘ilishini kutgan. Gazeta manbasiga ko‘ra, SAHAL uchuvchilari «Hizbulloh» qo‘mondonlik markaziga har biri ikki tonna og‘irlikdagi oltita bomba tashlagan. Avvalroq Isroilning Ynet portali guruhning qo‘mondonlik markaziga tashlangan bombalarning umumiy og‘irligi 80 tonnadan oshganini ta’kidlagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”