Foto: “RIA Novosti”
AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp Vladimir Zelenskiy bilan yaxshi munosabatda va u Ukraina rahbarining impichment mojarosi vaqtidagi harakatlarini yuqori baholaydi. Bu haqda Ukraina OAV amerikalik sobiq yetakchining The Washington Post gazetasiga bergan intervyusiga tayanib xabar berdi.
“Men Zelenskiy bilan yaxshi munosabatdaman. U menga yoqadi”, dedi Tramp.
AQSH sobiq prezidentining so‘zlariga ko‘ra, bunga Zelenskiyning impichment bilan bog‘liq janjal paytidagi harakatlari sabab bo‘lgan.
“Zelenskiy ovozi yozib olinayotganini bilmagandi. U 'ha, men tahdidni his qildim' deyish o‘rniga, 'Tramp hech qanday yomon ish qilmagan' deya yonimni olgan”, dedi amerikalik siyosatchi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSHga tashrifi chog‘ida Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp bilan uchrashgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi