23:23 / 30.09.2024
29

G‘arb Ukrainaga yordamni qisqartirish uchun vaj qidirmoqda

G‘arb Ukrainaga yordamni qisqartirish uchun vaj qidirmoqda
Foto: “iStock.com”
G‘arb davlatlari Ukrainaga yordamni qisqartirish va mablag‘larni ichki ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltirish uchun sabab qidirmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

“Ko‘pgina G‘arb ittifoqchilari allaqachon Ukrainaga mo‘ljallangan mablag‘larni ichki ehtiyojlarni moliyalashtirishga yo‘naltirish uchun sabab qidirmoqda”, deyiladi xabarda.

Nashrning qayd etishicha, Germaniya 2025 yilda Ukrainaga yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq davlat budjeti bandlarini qisqartirishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, jangovar harakatlar to‘xtatilishidan G‘arb ham Kiyevga ko‘rsatilayotgan yordam miqdorini kamaytirish uchun sabab sifatida foydalanishi mumkinligi ta’kidlangan.

Rossiya o‘z navbatida Ukrainaga qurol yetkazib berish kelishuvga xalaqit bermoqda, NATO davlatlarini mojaroga bevosita jalb qilmoqda, deb hisoblaydi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini aytgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH va NATO mojaroda bevosita ishtirok etmoqda, jumladan, nafaqat qurol-yarog‘ yetkazib berish, balki Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlarda kadrlar tayyorlash bilan ham shug‘ullanmoqda. Kreml Ukrainani G‘arb qurollari bilan ta’minlash muzokaralarga hissa qo‘shmasligini aytib, aksincha ta’sir ko‘rsatishini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » G‘arb Ukrainaga yordamni qisqartirish uchun vaj qidirmoqda