Aleksandr Permyakov Foto: RIA Novosti / Kristina Kormilitsina
Moskvadagi harbiy sud 30 sentyabr, dushanba kuni kremlparast yozuvchi Zaxar Prilepinga suiqasd uyushtirishda ayblangan asli ukrainalik Aleksandr Permyakovni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Erkak dastlabki besh yilni qamoqda, qolgan vaqtini maxsus rejimli koloniyada o‘tkazadi.
Permyakov Jinoyat kodeksining olti moddasi bo‘yicha aybdor deb topildi: terrorchilik bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tish, noqonuniy qurol saqlash, hujjatlarni qalbakilashtirish, terakt, portlovchi moddalarni noqonuniy ishlab chiqarish va portlovchi qurilmalarni saqlash. Bundan tashqari, u 700 ming rubl miqdorida jarima to‘lashga majbur bo‘ladi.
Prilepin 2023 yil may boshida avtomobil portlashi oqibatida jarohatlangan
Kremlparast yozuvchi Zaxar Prilepinning Audi Q7 avtomobili 6 may kuni Nijniy Novgorod yaqinidagi Pionerskoye qishlog‘ida portlab ketdi. Portlash natijasida Prilepin yaralandi, uning haydovchisi Aleksandr Shubin halok bo‘ldi. Prilepin Donbassga tashrifidan so‘ng Moskvaga qaytayotgan bo‘lgan va chegara hududidagi nazorat-o‘tkazish punktini kesib o‘tgan. U tushlikdan keyin mashinaga qaytganidan keyin portlash sodir bo‘ldi.
Xuddi shu kuni jinoyat sodir etilgan joydan unchalik uzoq bo‘lmagan o‘rmon zonasida Aleksandr Permyakov qo‘lga olindi, uning yonidan Rossiya va Ukraina pasportlari hamda Qozog‘istonning qalbaki pasporti, jangovar to‘pponcha, plastir, beshta sim-karta, ikkita bank kartasi, naqd rubl va grivna, fonar, kompas, chaqmoq tosh, o‘nta telefon raqamlari va ismlar yozilgan qog‘oz topildi.
Politsiya bo‘limida Permyakov aybini tan oldi. Ekspertiza uni qo‘lga olish vaqtida qo‘llarida portlovchi moddaning izlari borligini aniqladi. «Mediazona» shuningdek, qo‘lga olingandan so‘ng Permyakov Shubinning o‘limidan qayg‘uda ekanini, lekin Prilepin o‘lmaganidan afsusda ekanligini aytganini aniqladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?