Foto: Sergei Malgavko/Tass/IMAGO
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2 oktyabr, chorshanba kuni safarbarlik paytida yoki urush vaqtida ishi birinchi instansiya yoki apellyatsiya sudida ko‘rib chiqilayotgan ayblanuvchilar bilan shartnoma tuzishga ruxsat beruvchi ikkita qonunni imzoladi. Har ikkala qonun ham huquqiy axborot rasmiy internet portalida e’lon qilingan.
Avvalroq, 24 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi yig‘ilishida ikkala qonun loyihasi ham ikkinchi va uchinchi o‘qishda ma’qullangan edi. Qonun loyihalaridan birinchisi, agar sudlanuvchilar safarbarlik davrida yoki urush davrida harbiy xizmatga chaqirilgan bo‘lsa, jinoiy ish yuritishni to‘xtatib turish, keyin esa jinoiy javobgarlikdan ozod qilish imkonini beradi. Qonun shuningdek, safarbarlik davrida, harbiy holat yoki urush davrida RF Qurolli kuchlarida xizmat qilish paytida jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan sud ishlarini to‘xtatib turish imkoniyatini nazarda tutadi.
Xuddi shunday huquqiy mexanizm hukm chiqarilgan, lekin qonuniy kuchga kirmagan mahkumlarga, shu jumladan apellyatsiya bosqichida ham qo‘llanadi.
Ikkinchi qonun loyihasining mohiyati
Ikkinchi hujjat safarbarlik, harbiy holat va urush davriga ham tegishli. Bu Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlarida harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi shartnomani sud muhokamasi bosqichida ayblanuvchi (sudlanuvchi) shaxslarning ayrim toifalari bilan, agar prokuror ularga nisbatan jinoyat ishini mohiyatan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborgan bo‘lsa, tuzishga imkon beradi.
Birinchi qonun loyihasi bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi Jinoyat-protsessual kodeksiga va ikkinchi qonun loyihasi bo‘yicha «Harbiy burch va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirishlar kiritiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi