Foto: Reuters
AQSH hamda Isroil Eronga harbiy javob choralari doirasida Yaman va Suriyadagi Eronparast kuchlar va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) bo‘linmalariga hujum qilish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda Politico Amerika prezidenti Jo Baydenning ismi oshkor etilmagan maslahatchilariga tayanib xabar berdi.
Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, tomonlar Erondan Isroil hududiga qilingan raketa hujumlariga javob tariqasida raketa zarbasini ko‘rib chiqmoqda. Variantlar orasida suhbatdoshlar Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan tuzilmalarga yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri Yaman yoki Suriyadagi IIQK kuchlariga zarba berishni sanab o‘tgan.
Prezident yordamchilarining ta’kidlashicha, AQSH Eron raketa hujumiga Isroilning cheklangan javobini “afzalroq” ko‘radi. Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, mazkur javob Qo‘shma Shtatlarga mos keladi va Amerika tomoni Isroildan undan butunlay voz kechishni talab qilishni rejalashtirmayapti.
1 oktyabr oqshomida Eron Isroil hududiga 180 dan ortiq raketa uchirgan edi. Eron nishonlari orasida Isroilning ikkita havo kuchlari bazasi va Mossad bosh qarorgohi bo‘lgan. Isroil armiyasining ma’lum qilishicha, u zarar ko‘rmagan. Hujum oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, ikki kishi jarohatlangan.
Axios portaliga ko‘ra, Isroil hukumati Eronga “mustaqil ravishda javob berishni rejalashtirmoqda”, biroq vaziyatning strategik oqibatlari tufayli o‘z rejalarini AQSH bilan muvofiqlashtirish niyatida. Nashr suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, Isroilning javob hujumi AQSH Markaziy qo‘mondonligi bilan mudofaa sohasida hamkorlikni va Isroil havo kuchlari uchun ko‘proq o‘q-dorilarni talab qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi