16:06 / 03.10.2024
64

Husiylar Tel Avivning chekka hududlariga hujum qildi

Husiylar Tel Avivning chekka hududlariga hujum qildi
Foto: AP Photo
Yamanning “Ansor Alloh” husiy harakati Isroilning Yaffa shahrida (Tel Aviv chekkasida) nishonlarga bir nechta hujumchi dronlar bilan zarba berganini ma’lum qildi.

Yaman Qurolli kuchlarining uchuvchisiz tizimlar bo‘linmasi bosib olingan Falastinning Yaffa hududidagi muhim nishonlarni bir nechta dronlardan foydalangan holda nishonga olish uchun harbiy operatsiya o‘tkazdi”, deyiladi harakat vakili general Yahyo Sarining bayonotida.

Sarining so‘zlariga ko‘ra, operatsiya “muvaffaqiyatli o‘tgan va harakat o‘z maqsadlariga erishgan”.

Bir kun oldin Sari Isroildagi harbiy nishonlarga qanotli raketa hujumlari berilgani haqida xabar bergan edi.

1 oktyabr kuni Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Isroilga nisbatan ko‘p sonli raketalarni uchirgani aytilgan edi. Sari Eronning Isroilga zarbasini qo‘llab-quvvatlashini qayd etgan. Shuningdek, u “Isroilga qarshi birgalikda harbiy amaliyotlar o‘tkazishga tayyorligini” bildirgan.

Avvalroq Rossiya Eron vositachiligida husiylar bilan kemaga qarshi P-800 qanotli raketalarini yetkazib berish bo‘yicha yashirin muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berilgan edi. Qayd etilishicha, muzokaralar Eronning sobiq prezidenti Ibrohim Raisiy davrida boshlangan. Ikki mintaqaviy rasmiyning aytishicha, Rossiya va husiy vakillari Tehronda bu yil kamida ikki marta uchrashgan, kelgusi haftalarda yana uchrashuvlar bo‘lishi kutilmoqda.

Biroq Reuters manbalariga ko‘ra, Rossiya hozircha raketalarni husiylarga topshirish bo‘yicha qaror qabul qilgani yo‘q.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Husiylar Tel Avivning chekka hududlariga hujum qildi