Foto: 34travel
Dunyo bo‘ylab sayohat qilishni xohlaydigan ko‘plab odamlarning yo‘lidagi asosiy to‘siq ko‘pincha narx bo‘ladi. Shu sababli sayyohlar ta’tilda pulni tejash yo‘llarini, jumladan, ko‘proq budjetga mos yo‘nalishlarni tanlashga harakat qiladi.
HelloSafe sug‘urta xizmati o‘zining so‘nggi tadqiqotida ta’til eng arzon bo‘lgan dunyo mamlakatlarini aniqladi. Jami tadqiqot 136 davlatni qamrab olgan. Reytingda Janubi-Sharqiy Osiyodagi Hindixitoy yarimorolida joylashgan Laos yetakchilik qilmoqda. Sayyohlar bu mamlakatda bir kunda o‘rtacha 10 funt sterling (taxminan 172 ming so‘m) sarflaydi. Bu qiymatga turar joy, ovqatlanish va transport xarajatlari kiradi.
Undan keyingi o‘rinlarda o‘rtacha kunlik xarajati 15 funt sterling bo‘lgan Qozog‘iston va 16 funt sterling bilan Ruanda turadi.
2024 yilda dunyodagi eng arzon 15 ta davlat:
- Laos (o‘rtacha kunlik xarajat £ 10);
- Qozog‘iston (£15);
- Ruanda (£16);
- Gana (£16);
- Mo‘g‘uliston (£18);
- Armaniston (£20);
- Burkina-Faso (£21);
- Gurjiston (£22);
- Mali (£23);
- Birma (£25);
- Haiti (£25);
- Malavi (£25);
- Hindiston (£27);
- Nepal (£28);
- Serbiya (£28).
Ammo tahlilchilar Karib dengizidagi Barbados mamlakatini sayohat uchun dunyodagi eng qimmat mamlakat deb tan olishdi, bu yerda bir kunlik ta’til 261 funt sterling (taxminan 4,5 mln so‘m) turadi. Undan keyingi o‘rinlarda mintaqadagi yana ikkita orol davlati - kuniga 244 funt sterling bilan Antigua va Barbuda va kuniga 215 funt sterling bilan Sent-Kitts va Nevis.
2024 yilda dunyodagi eng qimmat 15 ta davlat:
- Barbados (o‘rtacha kunlik xarajat £ 261);
- Antigua va Barbuda (£244);
- Sent-Kitts va Nevis (£215);
- Maldiv orollari (£207);
- Grenada (£205);
- Shveysariya (£200);
- AQSH (£197);
- Mikroneziya (£195);
- Grenlandiya (£179);
- BAA (£175);
- Lixtenshteyn (£175);
- Bahama orollari (£173);
- Ummon (£171);
- Monako (£159);
- San-Tome va Prinsipi (£155). “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?